Ozarbayjon va O'zbekiston milliy masofaviy zondlash tizimini yaratish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda "Azercosmos" fazo agentligi matbuot xizmati.
Muzokaralar Milan shahrida o'tkazilgan Xalqaro astronautika kongressi doirasida bo'lib o'tdi. Tadbir davomida ushbu loyiha bo'yicha tavsiyalar va o'zaro foydali takliflar e'lon qilindi.
Xabarlarga ko'ra, Ozarbayjon o'z ichida fazo ekosistemasini shakllantirishga intilmoqda. Ushbu maqsadga erishishning birinchi qadami, Azercosmos va Xitoyning Star Vision texnologiya kompaniyasi o'rtasida yozda imzolangan o'zaro tushunish Memorandumi bo'ldi.
Hamkorlikning asosiy yo'nalishi — Star Vision tomonidan taklif etilgan sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda sun'iy yo'ldosh va orbital sinovlar algoritmlarini birgalikda ishlab chiqish va joriy etishdir.