«Uzenergoinspeksiya» tomonidan o'tkazilgan reyd davomida Toshkentdagi bir nechta yoqilg'i quyish shaxobchalarida sifatli bo'lmagan neft mahsulotlarini sotish bo'yicha qoidabuzarliklar aniqlangan.
Xususan, Yunusobod tumani hududida joylashgan «S.G.O.» MChJga tegishli yoqilg'i quyish shaxobchasida sotilayotgan benzinning namunasi olinib, laboratoriya tahlillari o'tkazilgan.
Tahlillar natijalari shuni ko'rsatdiki, AИ-92 va AИ-95 markali benzinning sifati davlat standartlariga mos kelmaydi.
Bunday qoidabuzarliklar Shayxontohur tumani hududida joylashgan «E.O.P.» MChJga tegishli AЗSda ham aniqlangan.
Ushbu holatlar sababli ko'rsatilgan AЗSlarning birjaga qo'shilishi vaqtincha to'xtatilgan bo'lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmaguncha davom etadi.