UPL korrespondenti yangi yil stoli uchun xarajatlar bo'yicha so'rov o'tkazdi. So'rov tahririyatning telegram-kanalida o'tkazildi.
Respondentlardan: "Yangi yil stoli uchun qancha pul sarflashni rejalashtiryapsiz?" deb so'raldi. So'rovda 1033 kishi ishtirok etdi.
So'rov natijalariga ko'ra, respondentlarning 32% yoki 329 kishi 1 million so'mgacha sarflashini aytdi. 25% yoki 258 kishi 3 million so'mgacha sarflashni rejalashtirmoqda. 17% yoki 173 kishi 5 million so'mgacha sarflashni rejalashtirmoqda. Har biri 13% so'rovga javob berganlar 300 ming so'mgacha va 500 ming so'mgacha sarflashni rejalashtirmoqda.