O'zbekiston poytaxtida asosiy yangi yil archasi o'rnatila boshlandi. Bu haqda 18 dekabrda Toshkent hokimiyati ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, asosiy archaning joylashuvi an'anaga ko'ra Alisher Navoiy nomidagi kutubxona yaqinida bo'ladi. E'lon qilingan videoda archaning uzunligi 33 metrni tashkil etishi, asosiy yulduz bilan birga esa uzunligi 35 metrga yetishi ta'kidlangan. Archani ko'rishni xohlaganlar har kuni soat 10:00 dan 23:00 gacha kelishlari mumkin. Archa 25 dekabrdan 10 yanvargacha ochiq bo'ladi.
Archani bezash uchun 33 mingta o'yinchoq ishlatilgan. Shuningdek, archaning atrofida 300 dan ortiq bezaklar o'rnatilgan. Bunga qo'shimcha ravishda, poytaxt aholi va mehmonlari yangi yil bayrami shoularidan bahramand bo'lishadi. Yangi yil kayfiyatini yaratish uchun mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.