O'zbekistonda mahbuslarga yaqinlari bilan videobog'lanish imkoniyati beriladi. Tegishli qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi birinchi o'qishda qabul qildi.
Ushbu hujjatga muvofiq, ichki ishlar vazirligiga qarashli jazoni o'tash muassasalarida jazoni o'tayotgan mahbuslarga masofaviy videobog'lanish orqali onlayn uchrashuvlar o'tkazish imkoniyati taqdim etiladi. Masofaviy uchrashuvlar soni jazoni o'tash tartibi va mahbuslarning saqlanish shartlariga qarab belgilanishi mumkin. Shuningdek, loyiha yiliga 24 ta videosuhbat o'tkazish huquqini ko'zda tutadi.
Qonun loyihasi tashabbuskorlari ta'kidlaydilarki, yaqinlari bilan muntazam videokonferentsiyalar mahbuslarga oila a'zolari va yaqinlari bilan doimiy aloqani saqlashga yordam beradi, ya'ni, oilaviy munosabatlarni saqlab qoladi. Bundan tashqari, bu mahbuslarning psixologik farovonligini saqlash va ozodlikka chiqqandan keyin muvaffaqiyatli moslashuvini ta'minlaydi. Hozirda qonun loyihasi siyosiy partiyalarning fraksiyalarida muhokama etilmoqda.