Yilning eng yaxshi dzudochisi unvoniga Diyora Keldiyorova da'vogarlik qilmoqda. Uning Parijdagi Olimpiadada yaponlik Uto Abe ustidan qozongan g'alabasi "Yil voqeasi" nominatsiyasida ham qayd etilgan.
O'zbekiston Dzudo Federatsiyasi tomonidan yaratilgan judogirls.uz loyihasi "Bolalar uchun dzudo" kategoriyasida eng yaxshisi bo'lishi mumkin.
Ovoz berish natijalariga ko'ra muvaffaqiyatli murabbiylik Marko Shpittkaga berilishi mumkin (O'zbekiston ayollar terma jamoasi faoliyati uchun).
Muhammad Jumayev tomonidan Dushanbeda o'tkazilgan "Katta shlem" turnirida qo'llanilgan usul yilning eng yaxshi ipponi nominatsiyasiga da'vogarlik qilmoqda.
Ovoz berish faqat JudoTV platformasi orqali amalga oshiriladi. U 2025 yil 10 yanvargacha davom etadi.