Joriy yilning avgustiga nisbatan, O'zbekiston ayollar milliy jamoasi uchta pozitsiyaga pasayib ketdi. Biroq, bizning futbolchilarimiz Markaziy Osiyodagi eng kuchli jamoa sifatida qolmoqda.
Boshqa respublikalar pozitsiyalari quyidagicha ko'rinadi:
Qozog'iston — 106-o'rin;
Qirg'iziston — 128-o'rin;
Turkmaniston — 140-o'rin;
Tojikiston — 154-o'rin.
Oldingi reytingda bo'lgani kabi, eng kuchli jamoa sifatida AQSh milliy jamoasi tan olindi. Reytingni esa 195-o'rinda Mavrikiy futbolchilari yopib turadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston erkaklar milliy jamoasi noyabrda yangilangan FIFA reytingida 58-o'rinda qoldi. Jamoa mintaqada ham eng kuchlisi sifatida qolmoqda.